Emine Erdo‘g‘an Samarqanddagi Konigil qog‘oz fabrikasiga tashrif buyurdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘anning turmush o'rtog'i Emine Erdo‘g‘anga O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva mezbonlik qildi.

1880933
Emine Erdo‘g‘an Samarqanddagi Konigil qog‘oz fabrikasiga tashrif buyurdi

 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘anga Samarqandga tashrifida hamrohlik qilayotgan birinchi xonim Emine Erdo‘g‘an Samarqanddagi Konigil qog‘oz fabrikasida bo'ldi.

Emine Erdo‘g‘anga O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva mezbonlik qildi.

Emine Erdo'g'an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Samarqandga tashrifi haqida o'z taassurotlarini bildirdi.

Ikki ming yil davomida buzilmagan holda saqlanib qolgan Samarqand qog'ozining sarguzashtlari hayrat uyg'otganini ifoda etgan birinchi xonim Erdo'g'an, "Barhayot O'zbek qishlog'i muzeyida saqlanib qolgan ajdodlar an'analarini ko'rish va o'rganish imkoniga ega bo'ldim. Bu joy zamonga qarshi turuvchi tabiat bilan chambarchas bog'langan. Ming yillar davomida sharq va g'arbni birlashtirgan Samarqand madaniy boylik sifatida qad rostlab kelmoqda",-deb yozgan Emine Erdo'g'an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.



Aloqador xabarlar