Turkiyada O‘zbekiston madaniyati kechasi o‘tkazildi

Mazkur madaniy tadbirda Farg‘ona filarmoniyasi sanʼatkorlari va xonanda Otabek Muhammadzohid ijrosidagi madaniy dastur namoyish etildi.

1867231
Turkiyada O‘zbekiston madaniyati kechasi o‘tkazildi

 

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tomonidan “O‘zbekiston madaniyati – hamkorlik va birdamlik jamiyati” (“Özbekistan kultur dayanışma ve işbirliği derneği”) va TURKSOY tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlikda “O‘zbekiston madaniyat kechasi” tadbiri uyushtirildi.

Tadbirda Turkiyaning “Gelecek” (“Kelajak”) va “İyi” (“Yaxshi”) partiyalari, “Turkmaniston jamiyati” vakillari hamda Istanbulda yashayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

Mazkur madaniy tadbirda Farg‘ona filarmoniyasi sanʼatkorlari va xonanda Otabek Muhammadzohid ijrosidagi madaniy dastur namoyish etildi.

Tadbirda Bosh konsul Amirsaid Aʼzamxo‘jayev va “O‘zbekiston madaniyati – hamkorlik va birdamlik jamiyati” rahbari Chokay Kochar ma'ruza qildi.

U o'z ma'ruzasida O‘zbekistonda xalqning turmush farovonligini yuksaltirish, vatandoshlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibatni kuchaytirish, turkiy davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yana-da mustahkamlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarga yuqori baho berdi.



Aloqador xabarlar