Buxorodagi yetti obida Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olindi

Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasi shular jumlasidandir.

1864369
Buxorodagi yetti obida Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olindi

 

Buxoroda joylashgan 7 ta madaniy meros ob’yektlari Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga olinib, sertifikatlar topshirildi.

Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasiga tegishli sertifikatlar ICESCO Bosh direktori Salim Al Malik tomonidan taqdim etildi.

"O'zbekiston tarixiga oid obidalarning CESCO ro‘yxatiga olinishi boy madaniy merosimizni butun dunyoga targ‘ib etishda, xususan, Islom olamida madaniyatimiz yanada tanilishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston hududi tarixan Islom rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘lka hisoblanadi", deyiladi Madaniy meros agentligi xabarida.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Buxoro

Aloqador xabarlar