Buxoroda Abu Ali ibn Sino haqida film suratga olinmoqda

Hujjatli film “Ibn Sino. Sharq va G‘arb o‘rtasida”, deb nomlanadi.

1861347
Buxoroda Abu Ali ibn Sino haqida film suratga olinmoqda

 

Ko‘hna va boqiy Buxoroning eski shahar qismida tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino haqidagi film olish jarayonlari boshlandi. Hujjatli film “Ibn Sino. Sharq va G‘arb o‘rtasida”, deb nomlanadi.

Kino loyiha O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, AQSHning "V&Co LLC" kompaniyasi va Italiyaning "Associazione Circles Squared” assotsatsiyasi buyurtmasiga asosan suratga olinmoqda.

Filmning Italiyadagi suratga olish ishlari yakuniga yetgan bo‘lib, hozirda jarayonlar Buxoroda davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Italiyaning Boloniya universiteti kutubxonasida Ibn Sinoning noyob “Tib qonunlari” asarining ibroniy tilidagi to‘liq tarjima qo‘lyozmasi mavjud. Ushbu qo‘lyozma XV asrning ikkinchi yarmiga tegishli. Olimning ushbu asaridan tibbiyot ta’lim muassasalarida, jumladan, Yevropa universitetlarida ham asosiy darslik sifatida foydalaniladi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Buxoro , #Abu Ali ibn Sino

Aloqador xabarlar