O‘tgan yili Turkiyada 72 ming 52 ta kitob nashr etildi

Ulardan 23,2 foizi o‘quv, 21,1 foizi kattalar uchun badiiy adabiyot, 19,6 foizi ilmiy, 16,4 foizi kattalar madaniyati, 14,6 foizi bolalar va o‘smirlar adabiyoti, 5,2 foizi yoshlarga mo‘ljallangan.

1860785
O‘tgan yili Turkiyada 72 ming 52 ta kitob nashr etildi

 

Turkiyada nashr etilgan adabiyotlar hajmi bir yil ichida 11 foiz oshdi.

Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi ma’lum qiladi. 

O‘tgan yili Turkiyada 72 ming 52 ta kitob nashr etildi, deb tasdiqlaydi Turkiya Statistika instituti. Gazeta va jurnallar soni esa 6 foiz kamayib, 4 ming 460 taga yetdi. Bu raqamning 53,6 foizini jurnallar tashkil etadi. 

Gazeta va jurnallar tiraji 7,2 foiz kamayib, 2021 yilda nashr etilgan gazeta va jurnallarning umumiy tiraji 925 million 56 ming 17 nusxani tashkil etdi.  Shundan 95,3 foizini gazetalar tashkil etadi. 

Gazetalarning aksariyati haftalik, ayrimlari oylik nashrlardir. Jurnallarning 21,6 foizi xar chorakda, 21,4 foizi oylik va 17,1 foizi yarim yilda bir marta nashr etilgan. 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, nashr etilgan jurnallarning 16,7 foizi savdo-professional, 14,9 foizi ilmiy va 8,7 foizi adabiy-tarixiy jurnallardir.  

2021 yilda nashr etilgan materiallar soni 2020 yilga nisbatan 11,1 foiz oshib, 87 231 taga yetdi. 

Shunday kilib, 2021 yilda 72 ming 52 ta qattiq muqovali, 329 elektron, veb-saytlar uchun 13 ming 673 ta, 815 audio kitob  va 362 ta boshqa nashrlar chop etildi. 

Ulardan 23,2 foizi o‘quv, 21,1 foizi kattalar uchun badiiy adabiyot, 19,6 foizi ilmiy, 16,4 foizi kattalar madaniyati, 14,6 foizi bolalar va o‘smirlar adabiyoti, 5,2 foizi yoshlarga mo‘ljallangan. 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar