Turkiyada Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi

Mazkur anjumanda Turkiya, O'zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon kabi turkiy tilli davlatlar navoiyshunoslik markazlarida faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq olim va tadqiqotchilar o'z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.

1846113
Turkiyada Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi

 

2022 yili 20 iyun kuni Anqara shahrida  Bashkent universiteti qoshidagi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro markaz hamda O'zbekistondagi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi hamkorligida "Alisher Navoiy asarlari va xalqaro madaniy ta’sir" mavzuida Xalqaro ilmiy anjuman o'z ishini boshladi.

Mazkur anjumanda Turkiya, O'zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon kabi turkiy tilli davlatlar navoiyshunoslik markazlarida faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq olim va tadqiqotchilar o'z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda. Konferensiyaning asosiy yo'nalishi xalqaro adabiy-madaniy aloqalarda Alisher Navoiy asarlarining o'rni va ahamiyati, uni tahlil va tadqiq qilish. 

Turkiyalik olim, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro markaz rahbari, professor Abdurahmon Go'zalning ta’kidlashicha, Alisher Navoiy bundan keyin ham barcha davru zamonlarda turkiy xalqlarni birlashtiruvchi yagona ma’naviy bayroq bo‘lib qoladi. 

Konferensiyada Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori Olimjon Davlatov so'zga chiqib,  Bashkent universiteti qoshidagi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro markaz o'z navbatida Fondning vakolatxonasi vazifasini ham bajarishini ta’kidladi va kelajakda turkiyalik olimlar bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga umid bog‘ladi.

Konferensiya ikki kun davomida onlayn rejimda o'z ishini davom ettiradi.


Tanlangan kalimalar: #Alisher Navoiy , #Turkiya

Aloqador xabarlar