“Oʻzbek karvoni” antologiyasi Amerikada nashr qilindi

Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi “PRODIGY PUBLISHED” nashriyot uyi "Oʻzbek karvoni/Uzbekskiy karavan/ Uzbek caravan" oʻzbek sheʼriyati antologiyasini oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etdi.

1843917

Ushbu noyob nashrga oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakillari Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya, Oʻzbekiston xalq shoirlari, Oʻzbekiston qahramonlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Oʻzbekiston xalq shoirlari Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva, Usmon Azim, Xurshid Davron, Muhammad Yusuf, Sirojiddin Sayyid, va boshqa taniqli shoirlar ijod namunalari jamlangan.

Qariyb 600 sahifadan iborat rangli nashrda taniqli oʻzbek shoirlarining sheʼrlari bilan birga ularning suratlari hamda tarjimayi hollari ham oʻrin olgan. Antologiyadan joy olgan asarlarni sof oʻzbek tilidan rus va ingliz tillariga qirgʻizistonlik oʻzbek shoiri va tarjimoni Rahim Karim oʻgirgan.

Tanlangan kalimalar: #Uzbek caravan , #Oʻzbek karvoni

Aloqador xabarlar