"Quo vadis, Aida?" Yevropa kino mukofotiga loyiq deb topildi

Rejissyor Jasmila Zbanichning Srebrenitsa qirg‘ini haqida TRT hamkorlikda suratga olgan “Quo Vadis, Aida?/Where Are You Going Aida” filmi Yevropa Parlamenti (AP) va Yevropa Filmi tomonidan berilgan an’anaviy kino mukofotiga loyiq deb topildi.

1840406
"Quo vadis, Aida?" Yevropa kino mukofotiga loyiq deb topildi

 

Bu yil Bosniyalik rejissyor Jasmila Zbanichning Srebrenitsa qirg‘ini haqida TRT hamkorlikda suratga olgan “Quo Vadis, Aida?/Where Are You Going Aida” filmi Yevropa Parlamenti (AP) va Yevropa Filmi tomonidan berilgan an’anaviy kino mukofotiga loyiq deb topildi. 

LUX Yevropa kino mukofoti Fransiyaning Strasburg shahrida bo‘lib o‘tgan AP Bosh Assambleyasi chog‘ida topshirildi.

Mukofotni AP Prezidenti Roberta Metsoladan olgan Bosniyalik rejissyor Zbanich, Srebrenitsa qirg'ini haqida filmini tayyorlar ekan, Bosniya va Gertsegovinadagi urushni Yevropadagi so'nggi urush sifatida ko'rganini aytdi.

Yevroparlament deputatlariga murojaat qilgan Zbanich, "Yevropaliklar Ukrainada urushga qanday yo'l qo'yayotganini tushunmayapman. Hammangizni Ukrainadagi urushni tugatish yo'lini topishga chaqiraman", dedi u.

AP prezidenti Metsolaning aytishicha, film Srebrenitsadagi ayollar va onalar uchun adolatga kuchli chaqiriqdir.

Insoniyatga qarshi sodir etilgan bunday jinoyat hech qachon unutilmasligi kerak”, - deydi u.

Taqdirlash marosimida Srebrenitsa va Zepa onalar uyushmasi prezidenti Munira Subashich ham deputatlar oldida so‘zga chiqib, “Ukrainadagi onalar farzandlarining suyaklarini qidirib yig‘layapti. Ukrainadagi urushni to‘xtatishingizni iltimos qilaman, hech bo‘lmaganda kam sonli onalar kamroq azoblanadi."  Deya qayd etdi

TRT bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan kinofilm uchun YI kinofilm mukofotiga loyiq deb  topildi

Quo Vadis - Bosniya va Gertsegovina, Avstriya, Niderlandiya, Fransiya, Polsha, Norvegiya, Germaniya, Ruminiya va Turkiyaning hamkorlikdagi ishlab chiqarilgan Film 1995 yilning yozida Srebrenitsada tinchlikparvar kuchlar uchun tarjimonlik qilgan Aida haqida hikoya qiladi.

Srebrenitsadagi voqealar, oilasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti lagerida bo'lgan o'qituvchi Aidaning ko'zi bilan aytiladi.

Film avvalroq Yevropa kino akademiyasi tomonidan tashkil etilgan 34-Yevropa kino mukofotlari marosimida eng yaxshi film mukofotini qo‘lga kiritgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar