Bursada 16-Xalqaro laylak festivali o‘tkazildi

“Laylak qishlog‘i” nomi bilan mashhur “Eski Qarag‘ach”da bo‘lib o‘tgan tadbirga bu yil 10 mingdan ziyod ishtirokchi kelgan.

1835463
Bursada 16-Xalqaro laylak festivali o‘tkazildi

 

Turkiyaning Bursa shahrida Uluabat ko‘li qirg‘oqlari yaqinida 16-Xalqaro laylak festivali o‘tkazildi.

Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

Koronavirus pandemiyasi sabab oxirgi ikki yil anjuman tashkil etilmagan.

“Laylak qishlog‘i” nomi bilan mashhur “Eski Qarag‘ach”da bo‘lib o‘tgan tadbirga bu yil 10 mingdan ziyod ishtirokchi kelgan.

Laylak libosini kiygan o‘g‘il-qizlar harakati katta yoshli tomoshabinlarda ham o‘ziga xos qiziqish uyg‘otdi.

Bolalar ko‘z boylog‘ich va masxarabozlar chiqishiga mahliyo bo‘lishdi. Qishloq ahli mehmonlarni mahalliy noz-ne’matlar bilan siyladi.
Festival doirasida Bursa ipakchilik an’anasiga bag‘ishlangan “Pillachilikdan ijod sari” ko‘rgazmasi ham namoyish qilindi.


Tanlangan kalimalar: #16-Xalqaro laylak festivali , #Bursa

Aloqador xabarlar