Samarqand teatri jamoasi Anqarada spektakl qo‘ydi

Shu kunlarda Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi Turkiya Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan 14-ETHOS Anqara xalqaro teatr festivalida ishtirok etmoqda.

1801849

Teatrning yosh ijodkorlaridan iborat ijodiy guruhi festivalda taniqli turk dramaturgi Tunjar Jo‘jano‘g‘li qalamiga mansub “Bo‘yoqchi” komediyasini tomoshabinlar hukmiga havola etdi. 

Mahoratli rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Munavvara Abdullayeva sahnalashtirgan spektaklni  tomoshabinlar katta qiziqish bilan kutib oldi.

Festival qo‘mitasi raisi  Hoqon Serhan Sarikaya va  Yevroosiyo teatrlar uyushmasi loyihasining koordinatori Gamze xonim mazkur spektaklni “o‘ziga xos xarakterlarga ega qahramonlar ishtirokidagi komediya” sifatida  e’tirof etib, aktyorlar ijrosini yuqori baholadi.

Samarqand teatri jamoasi 2018 yilda Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan “Ming nafas – bir ovoz” XI Xalqaro teatrlar festivalida ishtirok etib, Tunjar Jo‘jano‘g‘lining “Ko‘chki” spektaklini namoyish etgan va bu asarga ham juda katta qiziqish bildirilgan edi.

Aloqador xabarlar