O'zbekistonda 8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so'zladi.

1792319
O'zbekistonda 8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandi

 

Kecha, O'zbekistondagi Xalqaro kongress markazida 8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayollarni samimiy tabriklab, ularga yuksak ehtiromini bildirdi.

– Xalqimiz azal-azaldan Ona siymosini, Ayol zotini Yaratganning ulug‘ ne’mati, tengsiz mo‘’jizasi, deb biladi, uni hamisha ardoqlab-asrab yashaydi, – dedi davlatimiz rahbari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 5 martdagi farmoniga muvofiq, bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan, Prezident qaroriga binoan esa yigirma sakkiz nafar qiz "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti bilan mukofotlandi.

Bayram tadbirida ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

– Barchangizni yana bir bor bugungi bahor va nafosat, go‘zallik va latofat bayrami bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga dunyodagi eng bebaho boylik – oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tilayman. Qalbingiz doim bugungi bahordek yashnab tursin, - dedi Prezident.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar xodimlari fayzli dasturxon atrofida bayramni nishonladi. Tadbirda chet ellik diplomat ayollar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ham ishtirok etdi.

Bayram tantanali konsert dasturi bilan davom etdi.

 



Aloqador xabarlar