Turk kinosining chinori, taniqli aktrisa Fatma Girik Istanbulda vafot etdi

79 yoshda bo'lgan Fatma Girik uzoq vaqtdan beri salomatligi bilan bog‘liq muammolar sababli shifoxonada davolanayotgandi.

1767343
Turk kinosining chinori, taniqli aktrisa Fatma Girik Istanbulda vafot etdi
fatma girik.jpg
fatma girik1.jpg

 

Turkiyada "Yeshilcham" fil'mlarining unutilmas aktrisalaridan biri Fatma Girik bugun, 24-yanvar kuni Istanbulda vafot etdi.

79 yoshda bo'lgan Fatma Girik uzoq vaqtdan beri salomatligi bilan bog‘liq muammolar sababli shifoxonada davolanayotgandi.

“Turk kinosining chinori, taniqli turk aktrisasi Fatma Girik Kovid-19 tufayli virusli pnevmoniyadan davolanayotgan vaqtda organ yetishmovchiligi natijasida vafot etdi",-deyiladi Istanbuldagi shifoxona rahbariyati bayonotida.

Istanbuldagi Shishli shahar hokimi Muammer Keskin bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonot berdi.

"Yeshilcham va Shishlimizning bebaho durdonasi, Shishli shahrining sobiq hokimi aziz Fatma Girikdan ajralib qolganimizdan chuqur qayg'udaman",-deya ustoz vafotini e'lon qiladi Muammer Keskin.

Fatma Girik 1942-yil 12-dekabrda Istanbulda tavallud topgan. U ijodiy faoliyati davomida 180dan ortiq fil'mda ro'l ijro etgan. Dastlab, u 1957-yilda “Leke” (Dog') nomli filmda ijro etgan ro'li bilan turk kino olamiga qadam bosgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Fatma Girik

Aloqador xabarlar