Turkiyadan olib ketilgan Rim davriga oid 21ta asar mamlakatga qaytarildi

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan xorijga olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni o‘z vataniga qaytarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida joriy yilning birinchi qaytarilishiga erishildi.

1765791
Turkiyadan olib ketilgan Rim davriga oid 21ta asar mamlakatga qaytarildi

 

Anadolu yerlaridan xorijga olib ketilgan Rim davriga oid 21 asar Turkiyaga qaytarildi.

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan xorijga olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni o‘z vataniga qaytarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida joriy yilning birinchi qaytarilishiga erishildi.

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Chegara va Qo'riqlash Byurosi tomonidan 2010-yilda musodara qilingan Rim davridan qolgan 21 ta sopol idishlar sud jarayoni yakunlangach, Turkiyaga olib kelindi.

Madaniy meros va muzeylar bosh boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi direktori Burju O‘zdemir, mutaxassislarning hisobotlari va kuzatuvlari tufayli asarlar qaytarilganligini aytdi.

O'zdemir, vatanlariga qaytarilgan asarlar Rim davridan mahalliy uslubida qilingan kundalik foydalaniladigan sopol idishlar ekanligini ta'kidladi.

"Topilmalar holati ancha yaxshi. Kecha qo'shimcha tekshirish uchun poytaxt Anqaradagi Onado'li sivilizatsiyalari muzeyiga topshirildi". dedi.


Tanlangan kalimalar: #Qaytarildi , #Turkiya , #21 asar , #Rim davriga oid

Aloqador xabarlar