"Xiva tarixidan lavhalar" kitob-albomi nashr etildi

Mazkur kitob-albom O'zbekistonning Xorazm viloyatidagi Maʼmun akademiyasi tomonidan o‘zbek va rus tillarida nashr etildi.

1764360
"Xiva tarixidan lavhalar" kitob-albomi nashr etildi

 

O'zbekistonning Xorazm viloyatidagi Maʼmun akademiyasi tomonidan "Xiva tarixidan lavhalar" kitob-albomi o‘zbek va rus tillarida nashr etildi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu kitob-albomda Xiva shahrining vujudga kelishi, ijtimoiy hayoti, aholining etnik tarkibi, hunarmandchilik, dehqonchilik mashg‘ulotlari, xivaliklar madaniyati va sanʼatiga doir qimmatli maʼlumotlar, qo‘lyozma asarlar, arxiv maʼlumotlari, elchi va sayyohlarning esdalik va xotiralari, nodir manbalar asosida ilk bor kompleks yoritilgan.

Kitob-albom mahalliy va xorijiy sayyohlar, oliy o‘quv yurti talabalari, gid-yo‘lboshlovchilar hamda O'zbekiston tarixi bilan qiziquvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

Mazkur kitob-albomning afzaligi shundaki, barcha maʼlumotlar yangi va noyob manba hamda adabiyotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, kitobda mavzuga doir ko‘plab nodir suratlarning mavjudligi har qanday o‘quvchini o‘ziga jalb qila oladi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Xiva tarixidan lavhalar

Aloqador xabarlar