Istanbulda Oʻzbekiston madaniyati kunlari tashkil etildi

Tadbirda Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari Olim Mirzayev, Istanbul gubernatori oʻrinbosari Oʻzlem Bozkurt Gevrek, Oʻzbekiston elchisi Alisher Agzamxoʻjaev, Oʻzbekistonning Istanbul Bosh konsuli Amirsaid Agzamhodjaev va ko'plab mehmonlar qatnashdi.

1748964
Istanbulda Oʻzbekiston madaniyati kunlari tashkil etildi

 

O‘zbekiston madaniyati kunlari Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi hamda O'zbekiston Madaniyat vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekistonga oid fotosuratlar ko'rmazmasi tashkil etildi, shuningdek oʻzbek sanʼat ustalari ijrosida katta konsert dasturi namoyish etildi.

Kecha, 16-dekabr kuni Istanbul Mejidiyekoy Buyuk teatrida boshlangan tadbirda Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari Olim Mirzayev, Istanbul gubernatori oʻrinbosari Oʻzlem Bozkurt Gevrek, Oʻzbekiston elchisi Alisher Agzamxoʻjaev, Oʻzbekistonning Istanbul Bosh konsuli Amirsaid Agzamhodjaev va Belarusning Istanbuldagi Bosh konsuli Aleksey Shved va boshqa ko'plab mutasaddilar ishtirok etdi. 

Tantanali tadbirda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning videomurojaati namoyish qilindi.

So'ngra, o'zbekistonlik mashhur san'atkorlar ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tdi.

O‘zbek va turk xalq qo'shiqlari ijro etilgan konsertda “Navbahor” raqs ansambli O‘zbekiston xalq o‘yinlaridan namunalar taqdim etdi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekistonning tarixiy osori-atiqalari va ijtimoiy hayotiga oid suratlar o‘rin olgan fotoko‘rgazma tashkil etildi.



Aloqador xabarlar