Arab xattotlik san'ati YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi

Bu haqdagi qaror Parijda bo‘lib o‘tayotgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita yig‘ilishida qabul qilingan. Mazkur anjuman 18 dekabrga qadar davom etadi.

1747857
Arab xattotlik san'ati YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti YUNESKO arab xattotligini nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritdi.

Saudiya Arabistonining SPA rasmiy agentligi xabarida, “Arab xattotligi, bilim, ko‘nikma va amaliyoti” bandini ro‘yxatga olish to’g’risidagi murojaat Ar-Riyod boshchiligida va Arab Ligasi Ta’lim madaniyati va fan tashkiloti ALECSO nazorati ostida 16 arab davlati ishtirokida amalga oshirilgani eslatildi.

Saudiya Arabistoni Madaniyat vaziri Badr bin Abdulloh bin Ferhonning aytishicha, arab xattotligining YUNESKO roʻyxatiga kiritilishi vazirlikning ushbu sanʼatga xizmat qilish yoʻnalishi bilan muvofiqlashtirilgan holda ishlab chiqilgan.

Arab yozuvi arab qahvasi, zamzam kabi mahsulotlardan keyin Arab mintaqasidan YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan to‘qqizinchi band ekanligi ta’kidlandi.

Ummonning ONA rasmiy agentligida qayd etilishicha, bu haqdagi qaror ayni paytda Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita yig‘ilishida qabul qilingan. Mazkur anjuman 18 dekabrga qadar davom etadi.

ALECSO arab xattotligini YUNESKO ro‘yxatiga kiritish uchun yaratilgan qo‘shma arab faylini 2020-yil 30-mart kuni tashkilot bosh kotibiyatiga taqdim etgandi.

Saudiya Arabistonidan tashqari, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Tunis, Jazoir, Iroq, Sudan, Ummon, Falastin, Livan, Quvayt, Misr, Marokash, Mavritaniya va Yaman ham mazkur murojaatnomaga qo’l qo’ygan.


Tanlangan kalimalar: #Arab xattotlik san'ati , #YUNESKO , #BMT

Aloqador xabarlar