24 Noyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni!

Muhtaram ustozlar, O'qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo'lsin!

1738126
24 Noyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni!

 

Bu dunyoda har qaysi ongli inson – qayerda ishlamasin, qanday kasbu kor, lavozim egasi bo‘lmasin, unga bilim va tarbiya berib, hayotga yo‘llagan muhtaram o‘qituvchi va murabbiylari oldida hamisha qarzdorlik hissi bilan yashaydi.

Haqiqatan ham, o‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini bag‘ishlab, barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek mo‘’tabar, onadek mehribon, aziz ustozlarning hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan mashaqqatli va sharafli mehnati uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak, arziydi.

Fursatdan foydalanib, Turkiya ovozi radiosi ijodiy jamoasi va uning o‘quvchilari nomidan bugungi bayram bilan ustozlarni, o‘qituvchi va murabbiylarni chin qalbimizdan muborakbod etib, barchalariga hurmat-ehtirom va samimiy tilaklarimizni izhor etamiz.

Shogirdlar baxtiga hamisha sog‘ va omon bo‘ling, aziz ustozlar!

 


Tanlangan kalimalar: #O'qituvchilar kuni

Aloqador xabarlar