O’zbekistonda TIKA bilan hamkorlikda “Biznes uchun turk tili” o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda joriy yilning 29 noyabrdan 11 dekabrgacha “Biznes uchun turk tili” o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilmoqda.

1737069

O‘quv mashg‘ulotlari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining turkshunoslik fakulteti talabalari uchun 40 soatlik kurslaridan iborat bo‘ladi. Mazkur kurslarda tinglovchilar 4 guruhga – tibbiyot turizmi va turk tili, ofis va turk tilida yozishma, turk tilida biznes, turizm va turk tili guruhlariga ajratiladi.

Universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori E.Mahmudovning ta’kidlashicha, mazkur kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan nomzodlar 2022 yilda Turkiyada qisqa muddatli amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu amaliyotlar bank tizimi, tibbiyot, tijorat, savdo va turizm kompaniyalarida yo‘lga qo‘yilib, talabalarning amaliy ko‘nikma va bilimini oshirishga yordam beradi. Ta’kidlash joizki, bu - universitet talabalarining Turkiyadagi ilk amaliyot loyihasi hisoblanadi.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #TIKA

Aloqador xabarlar