O‘zbekiston Madaniyat vazirligi TRT AVAZ kanali bilan hamkorlik qiladi

O'zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 4 noyabridan O'zbekistonga oid turkum madaniy xabarlar mazkur telekanal orqali efirga uzatilib boriladi.

1727103
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi TRT AVAZ kanali bilan hamkorlik qiladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Turkiya TRT teleradiokompaniyasi TRT AVAZ kanali bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

O'zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 4 noyabridan O'zbekistonga oid turkum madaniy xabarlar mazkur telekanal orqali efirga uzatilib boriladi.

Tomonlar hamkorligi asosida efirga uzatilgan lavhalarni vazirlikning internet tarmoqlaridagi rasmiy sahifalari orqali muntazam kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Aytish joizki, TRT Avaz kanali -Turkiya teleradioeshittirishlar korporatsiyasi tomonidan  Turkiya hamda Bolqon davlatlariga translyatsiya qilinadi. U 2009 yil 21 mart kuni ishga tushirilgan bo‘lib, hozirda esa Bolqon, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Kavkazga translyatsiya qilinadi.

Mazkur kanalning dasturlari ozarboyjon, bosniya,  turkman, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek tillariga turk tilidagi  subtiritr  bilan uzatilib, hujjatli filmlar, tok-shoular, madaniy va musiqiy dasturlar, shuningdek, hududiy filmlarni o‘z ichiga qamraydi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #TRT Avaz

Aloqador xabarlar