TRT World 6 yoshga to’ldi!

TRT Bosh direktori Mehmet Zahid Sobaji ijtimoiy media orqali TRT World telekanalining 6 yilligi munosabati bilan tabrik yo'lladi.

1726797
TRT World 6 yoshga to’ldi!

 

Turkiyaning ovozini butun dunyoga eshittirayotgan TRT World (Turkiya Teleradio Korporatsiyasi) telekanali 6 yilligini nishonlamoqda.

TRT nafaqat mamlakat bo'ylab, balki xalqaro maydonda xolis va muvaffaqiyatli jurnalistika yondashuvi bilan olgʻa qadam tashlamoqda.

Tashkil topgan kundan buyon dunyoning barcha yetakchi mintaqalarida sodir bo'layotgan voqealarni o'z muxlislariga yetkazish orqali xalqaro jurnalistikada o'zgarishlar yaratuvchi ovozga aylanishga muvaffaq bo'lgan TRT World o'zining 6 yoshini qutlamoqda.

TRT Bosh direktori Mehmet Zahid Sobaji ijtimoiy media orqali yubiley munosabati bilan tabrik yo'lladi.

“Turkiyaning ingliz tilidagi birinchi telekanali TRT World 6 yoshga to’ldi! Biz butun dunyodagi mazlumlarning baralla ovozi bo'lib, katta o'zgarishlarga ilhom bag'ishlashda davom etamiz. TRT World tug'ilgan kuning qutlug' bo'lsin!", deydi TRT Bosh direktori o'z tabrigida.

 


Tanlangan kalimalar: #Mehmet Zahid Sobaji , #TRT , #TRT World

Aloqador xabarlar