Turkiyada O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlandi
Turkiyada tashkil etilgan “O‘zbek tili do‘stlari” klubi a’zolari O‘zbek tili bayrami kunini nishonladi

21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kunini keng nishonlash doirasida O’zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi qoshidagi “O‘zbek tili do‘stlari” klubi a’zolari tomonidan Turkiya madaniyat va turizm vazirligi Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi (YTB)ning Anqaradagi ofisida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda 1989 yil 21 oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilgani va ushbu tarixiy sana 2019 yilda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilangani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bugungi kunda o’zbek tilining boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘zbek tilining xalqaro ko‘lamdagi nufuzi va mavqeini oshirish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar qayd etildi. O’zbek tili Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbarida yangrayotgani alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida Anqara shahrida ta’lim olayotgan xorijlik talabalar tomonidan O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Shu bilan birga, o‘zbekistonlik talabalar tomonidan Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho‘lpon, Zulfiyaxonim va Nodirabegim qalamiga mansub she’riy asarlar o‘qib berildi.
Aloqador xabarlar

Turkiya joriy yilning dastlabki 2 oyida 4 millionga yaqin xorijlik mehmonni qabul qildi
Madaniyat va turizm vazirligi 2023-yilning dastlabki 2 oylik turizm maʼlumotlarini eʼlon qildi.