Yaponiya malikasi Mako turmushga chiqdi

Malika Mako oddiy yigitga turmushga chiqqani uchun qirollik xonadoni a’zosi maqomini qo’ldan boy berdi. Bu haqda Kyodo xabar agentligi xabar berdi.

1725190
Yaponiya malikasi Mako turmushga chiqdi

 

Yaponiya malikasi Mako oddiy yigitga turmushga chiqdi. U shu sababli, qirollik xonadoni a’zosi maqomini qo’ldan boy berdi.

Bu haqda Kyodo xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 30 yoshdagi Yaponiya malikasi Mako kollejda tanishgan oshig‘i Key Komuroga turmushga chiqqan. Ular aslida 2018 yilda turmush qurishi rejalashtirilgan, biroq ba’zi bir sabablarga ko‘ra nikoh kechiktirilgandi.

Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, imperator oilasining ayol a’zolari oddiy fuqaro bilan turmush qurganidan so‘ng, o‘z mavqeini yo‘qotadi, biroq erkaklar uchun bunday qonun yo‘q. 

Ma’lum qilinishicha, Mako qirollik to‘y marosimlarini o‘tkazilishini hamda oilani tark etganidan keyin ularga taklif qilinadigan 150 mln yenlik (1,3 million dollar) pulni rad etgan.

Hozirda Mako va Key Komuroning to‘yiga qarshi bo‘lganlar Tokio shahrida 100 dan ortiq kishi norozilik namoyishlarini o‘tkazmoqda.

Ular poytaxtning markaziy ko‘chalari bo‘ylab qariyb 2 kilometr yo‘l bosib o‘tishni rejalashtirgan. Marosim tinch o‘tmoqda, chunki uning ishtirokchilariga politsiya xodimlari hamrohlik qilmoqda.

Mako Amerikaga ko’chib ketguniga qadar turmush o’rtog’i bilan birga Tokioda yashaydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Mako , #Yaponiya

Aloqador xabarlar