Turkiyada O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti –   TURKSOY va Anqara shahri Etimesgut tumani hokimligi bilan hamkorlikda konsert dasturi tashkil etildi.

1724058
Turkiyada O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

 

Tadbirda TURKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari Bilal Chakiji, Bursa hokimi Alinur Aktash, Etimesgut tumani hokimi Enver Demirel, shuningdek, Turkiyaning ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, akademik, ishbilarmon doiralari va xorijiy diplomatik korpus, mahalliy jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

Konsertda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati bo‘linmasining ashula va raqs ansambli rang-barang musiqiy dasturni taqdim qildi.

Tadbir ochilishida O‘zbekiston va Turkiyaning ikki tomonlama munosabatlari hamda mamlakatning boy madaniy va tarixiy merosi aks etgan videolavhalar namoyish etildi.

TURKSOY tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Bilal Chakiji barchani  O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan yana bir bor tashkilot nomidan muborakbod etdi. 

Etimesgut tumani hokimi Enver Demirel turkiy madaniyat va san’atni asrab-avaylash va ommalashtirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

“Bugun shahrimiz aholisi O‘zbekiston san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi”, deb qayd etdi u.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, joriy yil 14-20 oktabr kunlari Turkiyada ham O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan avval ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.  O‘zbekiston   davlat   filarmoniyasi vakillari 24 oktyabr kuniga rejalashtirilgan konsert dasturi sababli O'zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 43-saylov uchastkasida muddatidan avval saylovda ovoz berib, o‘z konstitutsion huquqidan foydalandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #TURKSOY , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar