"Bayt ul-hikma va undagi o‘rta osiyolik olimlarning faoliyati" nomli monografiya turk tilida

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Sharqshunoslik instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abduhalimovning "Bayt ul-hikma va undagi o‘rta osiyolik olimlarning faoliyati" nomli monografiyasi turk tiliga tarjima qilindi.

1710675
"Bayt ul-hikma va undagi o‘rta osiyolik olimlarning faoliyati" nomli monografiya turk tilida

 

Turkiyaning Ko‘nya shahridagi Saljuq universiteti professori doktor Mustafo Demirchi, tadqiqotchilar Iqboljon Usmonov va Muhriddin Mamadaminovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Sharqshunoslik instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abduhalimovning "Bayt ul-hikma va undagi o‘rta osiyolik olimlarning faoliyati" nomli monografiyasi turk tiliga tarjima qilindi.

Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Manbalarda keltirilishicha, o‘rta asr Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixida Bag‘dodda bunyod etilgan "Bayt al-hikma" so‘zsiz, yirik ilmiy voqea sanaladi. "Bayt al-hikma" o‘zbek tilida "Hikmatlar uyi" degan mazmunni anglatadi. Bu iboradagi "hikmatlar" ortida o‘sha davrdagi qator fanlar, jumladan, falsafa, tabobat, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, diniy ilmlar tushuniladi.

  Olimlarning fikricha,  "Bayt al-hikma" birinchi navbatda, ushbu sanab o‘tilgan fanlar, qolaversa, boshqa fan yo‘nalishlarida ham ish olib borilgan ilm va tarjimalar dargohi bo‘lgan. Mohiyatan avvaliga kutubxona sifatida bunyod bo‘lgan "Bayt al-hikma" ko‘p vaqt o‘tmay, u yerda jamlangan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish markaziga aylandi. Keyinchalik esa, bu markaz tevaragida o‘z davrining eng yirik olim va tarjimonlari to‘planib, ijod qildilar.

Mutaxassislar fikricha, ularning o‘zagini Movarounnahr va Xuroson olimlari tashkil etgan. Ayni paytda bu maskanda bir tomondan, yunon, hind va fors tillaridagi ko‘plab nodir asarlarning jamlangani, ikkinchi tomondan, jamlangan kitoblarning eng noyoblari tanlab olinib, arab tiliga o‘girilgani hamda muomalaga kiritilishi, uchinchi tarafdan esa, muhim asarlarni yaratgan taniqli olimlarning "Bayt al-hikma"da to‘plangani, uni o‘rta asrlarning eng mashhur ilmiy dargohiga aylangani e’tiborga molikdir.


Tanlangan kalimalar: #Bayt al-hikma , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar