21 sentyabr - Xalqaro tinchlik kuni

Mazkur sana 2001 yil sentyabr oyida BMTga a'zo barcha davlatlar tomonidan "BMT Xalqaro tinchlik kuni" to'g'risidagi 1981 yil 30 noyabrda bo'lib o'tgan Bosh Assambleyaning 36-sessiyasida bir ovozdan qabul qilingan.

1708597
21 sentyabr - Xalqaro tinchlik kuni

 

Bugun 21-sentyabr. Har yili bo’lganidek bu yil ham huddi shu kuni butun dunyo “Xalqaro tinchlik kuni”ni nishonlaydi.

Gitler Germaniyasi tomonidan Polshaga urush e’lon qilingan ushbu kun har yili sobiq Sovet ittifoqi tarkibidagi davlatlar hamda Turkiyada “Xalqaro tinchlik kuni” sifatida nishonlanadi.

Ikkinchi Jahon urushining ayanchli oqibatlaridan keyin urushning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi. Bu orqali umumiy olib qaraganda bir necha urushning oldi olindi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilar ekan tenglik printsipidan mahrum bo’lgandek tashkilot tarkibidagi 5 ta davlat uning xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi deb e’lon qilindi. Bunga qarshi dunyonnig bir necha davlati e’tiroz bildirishiga qaramay ular bugungi kungacha Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi sifatida ish olib bormoqda. Eng yomoni Falastin muamosida bo’lganidek mazkur 5 a’zodan birining monelik qilishi orqali mushtarak qarorlarni qabul qilish imkonsiz holga aylandi. Shuning uchun ham Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning, “Dunyo beshdan katta” degan so’zlari oxirgi yillarda insoniyat tomonidan yana-da qo’llab-quvvatlana boshladi. Umid qilamizki butun dunyo tinchligini saqlashda katta o’ringa ega bo’lgan BMT teng huquqli va betaraf tuziladi, faoliyatlari bilan dunyo tinchligiga ulkan hissa qo’shadi.

21-sentyabr Xalqaro tinchlik kuni muborak bo’lsin!

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xalqaro tinchlik kuni

Aloqador xabarlar