Taniqli fransuz kino aktyor Jan-Pol Belmondo 88 yoshida vafot etdi

Aktyorning advokati Michel Godest Jan-Pol Belmondoning 6 sentyabr kuni Parijdagi uyida vafot etganligini tasdiqladi.

1703604
Taniqli fransuz kino aktyor Jan-Pol Belmondo 88 yoshida vafot etdi

 

Fransiyaning taniqli kino aktyorlaridan biri Jan-Pol Belmondo kecha, 6 sentyabr kuni 88 yoshida vafot etdi.

Aktyorning advokati Michel Godest Jan-Pol Belmondoning Parijdagi uyida vafot etganligini tasdiqladi.

Aktyor 60 yillik kariyerasida 80dan ortiq fil’mda, jumladan, “Professional”, “Telba Pero”, “Borsalino” kabi filmlarda rollar ijro etgan.

Unga mashhurlik keltirgan film Jan-Lyuk Godarning 1960 yillarda ekranlarga chiqqan “Oxirgi nafasda” filmi bo‘lgan.  

1980-yillarda o‘z kinokompaniyasiga asos solgan aktyor 2001 yilda Korsikada dam olayotganda insultni boshdan o‘tkazgan. 2008 yilda sog‘lig‘ini tiklash uchun olgan uzoq tanaffusdan keyin yana kinoga qaytgan. Belmondo 2015 yilda aktyorlik faoliyatini yakunlagan, biroq keyinroq yaxshi takliflar tushsa, bu haqida o‘ylab ko‘rishga va'da bergan.

Aktyor faoliyati davomida ko‘plab nufuzli kinomukofotlar, jumladan, “Sezar”, Kann kinofestivalining “Oltin palma shoxi”ga sazovor bo‘lgan. Belmondo 2016 yilda jahon kinematografiga qo‘shgan hissasi uchun “Oltin sher” mukofoti bilan taqdirlangan.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Jan-Pol Belmondo

Aloqador xabarlar