Anqaradagi "Atakule" minorasi O‘zbekiston milliy bayrog‘i ranglariga burkandi

O’zbekistonning Mustaqillik kuni - 1 sentyabr sanasida Turkiyaning ushbu eng baland binolarining O‘zbekiston bayroqlariga burkanishi poytaxt aholisi va xorijlik mehmonlar, jumladan, Anqarada yashayotgan o’zbek vatandoshlari tomonidan olqishlandi.

1701483
Anqaradagi "Atakule" minorasi O‘zbekiston milliy bayrog‘i ranglariga burkandi

 

O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yillik to‘yi munosabati bilan Turkiya poytaxti Anqaraning diqqatga sazovor joylari – “Atakule” minorasi va Turkiya savdo palatasi va tovar birja ittifoqining egizak binolari O‘zbekiston milliy bayrog‘i ranglariga burkandi.

“Atakule” minorasi 1989 yil 13 oktyabr kuni Anqaraning Turkiya poytaxti bo‘lishining 66 yilligi munosabati bilan Turkiya Prezidenti Turg‘ut O‘zal tomonidan ochilgan.

“Ata” - ota, ya'ni ajdod, “kule” - minora maʼnosini anglatadi. Ushbu minora noyob meʼmoriy bino sifatida shaharliklar va chet ellik mehmonlar uchun tomosha qilish majmuasi hisoblanadi. Uning loyihasi turk meʼmori Ragip Buluch tomonidan tayyorlangan. Minoraning balandligi 125 metr bo‘lib, Anqaraning Chankaya tumanida joylashgan.

Turkiya savdo palatasi va tovar birjalar ittifoqining egizak binolari - 34 qavat va balandligi 140 metr bo‘lgan ikki binodan tashkil topgan bo‘lib, 2009 yilda foydalanishga topshirilgan, mazkur egizak binolar Anqaradagi eng baland inshootlardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda Turkiya savdo palatasi va tovar birja ittifoqi mamlakatning 2,5 milliondan ziyod savdo va tijorat kompaniyalarini o‘z ichida birlashtiradi.

O’zbekistonning Mustaqillik kuni - 1 sentyabr sanasida Turkiyaning ushbu eng baland binolarining O‘zbekiston bayroqlariga burkanishi poytaxt aholisi va xorijlik mehmonlar, jumladan, Anqarada yashayotgan o’zbek vatandoshlari tomonidan olqishlandi, O‘zbekiston va Turkiya do‘stligi timsoli sifatida yorqin porladi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Anqara , #Atakule

Aloqador xabarlar