Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya haqida hujjatli film suratga olinmoqda
"Baxtim shul – oʻzbekning Zulfiyasiman" hujjatli filmida Zulfiya obrazida 3 davr koʻrsatiladi. Uning bolaligini Anisa Mansurova, yoshlik paytlarini Shahnoza Hojimurodova, katta yoshdagi davrini Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist L.Eltoyeva ijro etadi.

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan yangi "Baxtim shul – oʻzbekning Zulfiyasiman" hujjatli filmi suratga olinmoqda.
Mazkur film Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya hayoti va ijodiga bagʻishlangan boʻlib, unda shoiraning hayotlik chogʻidagi turli voqealar tasvirlangan. Shuningdek, kinokartinada adibaning sheʼriy misralaridan foydalaniladi.
"Baxtim shul – oʻzbekning Zulfiyasiman" hujjatli filmida Zulfiya obrazida 3 davr koʻrsatiladi. Uning bolaligini Anisa Mansurova, yoshlik paytlarini Shahnoza Hojimurodova, katta yoshdagi davrini esa Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Lola Eltoyeva ijro etmoqda.
Ssenariy muallifi Shuhrat Rizayev, rejissyor Navroʻza Biynazova, operator Aziz Arziqulov, kompozitor Jamshid Izamov, rassom Sojida Hasanova, prodyuser Ahmad Unarboyev.
Aloqador xabarlar

Turkiya joriy yilning dastlabki 2 oyida 4 millionga yaqin xorijlik mehmonni qabul qildi
Madaniyat va turizm vazirligi 2023-yilning dastlabki 2 oylik turizm maʼlumotlarini eʼlon qildi.