Ozarbayjonda O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi

Tadbirda O‘zbekistondagi “Ziyorat turizmi” hamda Samarqand, Buxoro va Xiva singari tarixiy shaharlarning boy madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi.

1680951
Ozarbayjonda O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi

 

Ozarbayjonning Guba tumanida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Bakudagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan mazkur tadbirda mahalliy aholi O’zbekistonda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan atroflicha tanishdi.

Xususan, taqdimot ishtirokchilarining e’tibori sayyohlik infratuzilmasini takomillashtirish, xorijlik mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarga qaratildi.
Tadbir davomida taqdimot ishtirokchilariga O‘zbekiston “Ziyorat turizmi” imkoniyatlari targ‘ib qilindi. Xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva singari tarixiy shaharlarning boy madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Milliy taomlarni ommalashtirish maqsadida o‘zbek palovi tayyorlandi va mehmonlarga ulashildi.  O‘zbek oshxonasining shox taomi - palov tarixi, uni tayyorlash usullari gubaliklarda iliq taassurot qoldirdi.
Taqdimot davomida, shuningdek, ishtirokchilar o‘zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlari bilan ham tanishtirildi. O‘zbekiston xalq va amaliy san’ati ob’yektlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.


Tanlangan kalimalar: #Ziyorat turizmi , #Ozarbayjon , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar