Xorijdagi o'zbeklar uchun maxsus portal ishga tushirildi

O‘zbekiston Prezidentining “Mamlakatda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida “Yurtdoshlar” (http://yurtdoshlar.uz/) sayti ishga tushirildi.

1677641
Xorijdagi o'zbeklar uchun maxsus portal ishga tushirildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida “Yurtdoshlar” (http://yurtdoshlar.uz/) sayti ishga tushirildi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, boshqa mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Saytning asosiy maqsadi – xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning madaniy va til o‘zligini, ularning milliy anʼana va qadriyatlar bilan uzviyligini saqlab qolish.

Sayt quyidagi ruknlardan iborat:

- “O‘zbekiston” (mamlakat haqida muhim maʼlumotlar)

- “O‘zbek tili” (o‘zbek tili o‘rganuvchilar uchun dasturlar, darsliklar)

- “Men o‘zbekman” (xorijda muvaffaqiyatga erishgan mashhur vatandoshlar to‘g‘risida maʼlumotlar),

- “O‘zbek media” (milliy kino, multfilm, audio mahsulotlar)

- “Interaktiv xizmatlar” hamda “Yangiliklar” 

Yangi sayt joriy yilning iyun oyidan test rejimida ishlay boshladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yurtdoshlar , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar