Istanbulda zamonaviy o‘zbek she’riyatiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi

"Turk dunyosi mahallasi" madaniyat uyida o‘zbek shoirasi Nargiza Asadovaning turk tilida nashr etilgan "Müjde" nomli kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

1677637
Istanbulda zamonaviy o‘zbek she’riyatiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi

 

O'zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi  ko‘magida  "Turk dunyosi mahallasi" madaniyat uyida o‘zbek shoirasi Nargiza Asadovaning turk tilida nashr etilgan "Müjde" nomli kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli Amirsaid A’zamxo‘jayev, "Turkistonliklar" madaniyat va ijtimoiy yordam jamiyati rahbarining o‘rinbosarlari Hamidullo Yassaviy va Temur Toshkent, o‘zbek diasporasi, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston madaniyat uylari, akademik doiralar vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.

Marosimning ochilish qismida so‘zga chiqqan O'zbekiston bosh konsuli O‘zbekiston va Turkiya tarixiy aloqalarining rivojlanishi va mustahkamlanishida adabiyot tarixan muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladi. O‘zbek va turk she’riyati hamda nasriy asarlari hamisha bir-birini to‘ldirib kelish bilan birga, turkiy tilning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga xizmat qilgani qayd etildi.

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi arafasida Nargiza Asadova she’rlaridan tashkil topgan mazkur  kitobning turk tilida chop etilishi ham bunga bir misol bo‘la oladi.  Mazkur she’riy to‘plam Turkiyadagi o‘zbek she’riyati ixlosmandlari uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi.

"UzbekPedia TV"  ommaviy media-kanali kitob taqdimoti haqida videorolik yaratdi va uni ijtimoiy tarmoqlarda, shu jumladan, Youtube video-xostingiga joylashtirdi.


Tanlangan kalimalar: #Müjde , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar