O‘zbekistonda Qozon universiteti filiali ochiladi

Qozon Federal universitetining rahbariyati O‘zbekiston hududida o‘z filialini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda universitet Axborot xizmati xabar berdi.

1656157
O‘zbekistonda Qozon universiteti filiali ochiladi

 

Qozon Federal universitetining rahbariyati O‘zbekiston hududida o‘z filialini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda universitet Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kuni kecha O‘zbekiston delegatsiyasi Tatariston poytaxtiga tashrif buyurgan. Tashrif doirasida universitet va Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida to‘rt tomonlama shartnoma imzolangan. 
Qozon universiteti vakillarining ta’kidlashicha, universitet filialini ochishdan maqsad O‘zbekistonda xalqaro ta’lim talablariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. 

“Ushbu hamkorlik ikki do‘st davlat o‘rtasida yanada samarali hamkorlik qilish va umumiy korporativ madaniyatni shakllantirishga yordam beradi. Biz delegatsiya a’zolariga barcha darajadagi kadrlarni tayyorlash, kadrlarni mutaxassisliklari bo‘yicha malakasini oshirish yo’lida yagona standartlarga asoslangan ta’lim shakliga rioya qilish maqsadida Yelabuga va Naberejniy Chelnadagi universitet filiallarini namoyish etdik”, -deydi Ilshat Gafurov. 

Hamkorlikni amalga oshirish uchun Qozon universiteti rahbariyati shartnomada ko‘zda tutilgan xalqaro hamkorlikni Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim to‘g‘risidagi qarorining 105-moddasi talablariga muvofiq shartnomani yo‘naltirishni ta’minlaydi. Ushbu shartnoma Rossiya federatsiyasi Fan va oliy ta’limning ijobiy xulosasini olgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Avvalroq, Jizzax viloyati hokim o‘rinbosari Azim Axmedxo‘jayev universitet filiallaridan birini O‘zbekiston hududida ochish taklifi bilan chiqqan edi.



Aloqador xabarlar