O'zbekistonlik bolalar Belorusdagi xalqaro festivalda ishtirok etdi

Joriy yilning 28-31 may kunlari Belarus Respublikasining Mogilyov viloyatida “Zolotaya pchyolka” xalqaro festivali o‘tkazildi.

1650984
O'zbekistonlik bolalar Belorusdagi xalqaro festivalda ishtirok etdi

 

Joriy yilning 28-31 may kunlari Belarus Respublikasining Mogilyov viloyatida “Zolotaya pchyolka” xalqaro festivali o‘tkazildi.

Bu haqda O’zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur festivalda ilk bor O’zbekiston Respublikasidagi bolalar musiqa va sanʼat maktablarining o‘quvchilari ishtirok etdi.

10 dan ortiq davlatdan 400 nafar ishtirokchini qamrab olgan mazkur festival natijalariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatidagi 29-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘quvchisi Intizorxon Abdujabborova 2-o‘rinni, Quva tumanidagi 13-sonli BMSM o‘quvchisi Quvonchbek Zokirjonov 2-o‘rinni, Abdulaziz G‘ulomov 3-o‘rinni, 21-sonli BMSM o‘quvchisi Abdug‘aniyeva Durdonaxon 3-o‘rinni egalladi.



Aloqador xabarlar