Tojikistonda “O‘zbek kinosi kunlari” boshlandi

“O‘zbek kinosi kunlari”ning ochilishi 19 may kuni kech soat 19:00 da Dushanbe shahridagi “Navro‘z” saroyida bo‘lib o‘tadi.

1641960
Tojikistonda “O‘zbek kinosi kunlari” boshlandi

 

Bugun, 19-may kuni Tojikistonda O‘zbekiston kinematografiya agentligi tashabbusi bilan "O‘zbek kinosi kunlari" boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligidan ma’lum qilishlaricha, mazkur anjumanda tojikistonlik muxlislarga o‘zbek kinoustalari tomonidan yaqinda suratga olingan “Ilhaq”, “Rangsiz tushlar”, “Xalq yuragi”, “Hamkorlik bo‘yicha navbatchi”, shuningdek o‘zbek kinosi nodir durdonalariga aylangan “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Sirli sandiq” singari filmlar namoyish qilinadi.
“O‘zbek kinosi kunlari”ning ochilishi 19 may kuni kech soat 19:00 da Dushanbe shahridagi “Navro‘z” saroyida bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan o‘zbekistonlik kinoijodkorlardan iborat delegatsiya Tojikistonga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida O‘zbekiston xalq artistlari Xayrulla Saʼdiyev, Tesha Mo‘minov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Saidov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Jahongir Ahmedov kabi taniqli kino namoyandalari bor.

Anjuman dasturidan o‘zbek kinoijodkorlari bilan uchrashuvlar, o‘zaro hamkorlik loyihalari, tarixiy obidalarga sayohat va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar o‘rin olgan.
Shuningdek, mazkur anjuman doirasida O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish Butunjahon jamiyatining maxsus loyihasi – “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidan chop etilgan kitob-albomlarning ham taqdimoti o‘tkaziladi.

“O‘zbek kinosi kunlari” 2021 yilning 19-22 may kunlari bo‘lib o’tadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tojikiston , #O‘zbek kinosi kunlari

Aloqador xabarlar