Onalar bayrami muborak bo'lsin!

Bugun Turkiyada nafis va yoqimli bayramlardan biri bo'lgan - Onalar bayrami nishonlanmoqda.

1636740
Onalar bayrami muborak bo'lsin!

 

Bugun Xalqaro onalar bayrami…

Nafis va yoqimli bayramlardan biri bo'lgan - Onalar bayrami Turkiyada may oyining birinchi yakshanba kuni o'tkaziladi. Ushbu bayramda mamlakat aholisi onalarni tabriklab, ularning mehribonchiliklari uchun minnatdorchilik bildiradilar. Chunki, onalar eng aziz va mehribon, barchamizning hayotimizdagi eng buyuk insondir.

Ushbu ulug’ kunda o'tkaziladigan bayram tadbirlari faqat onalarga ataladi. Yoshidan qat'iy nazar barcha bolalar o'zlarining mehribon onalarini bayram bilan tabriklaydilar va sovg'alar beradilar.

Umuman Turkiyada Onalar kuni quvnoq va tantanali ravishda o'tadi. Onalarni e'zozlash va qutlash dunyoning barcha mamlakatlarida mavjud. Ko'pgina Yevropa mamlakatlarida: jumladan, Amerika, Kanada, Xitoy, Yaponiyada har yili may oyining ikkinchi yakshanbasida, Rossiyada esa, noyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi.

Ushbu kun biz farzandlar uchun bir fursatdir. Keling ushbu muborak kunda aziz mo’tabar onajonlarimizni bayram bilan tabriklaylik!

Aziz Onajonlar bayramingiz muborak bo’lsin!


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Onalar kuni

Aloqador xabarlar