Turkiyada "TRT Radio kunlari" tadbiri o'tkazilmoqda
Bu yil pandemiya sharoitiga mos ravishda o'tkazilayotgan tadbirda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Makedoniya, Qirg'iziston, Ozarbayjon va boshqa ko'plab mamlakatlarda turk tilida faoliyat ko'rsatayotgan radio xodimlari ishtirok etmoqda.
Texnologik kashfiyotlar imkoniyati yanada kengayib borayotgan hozirgi davrda radio insoniyat kundalik hayotining bir qismiga aylanishga ulgurgan. Radio tinglovchini yangiliklaridan xabardor qilish, kerakli ma'lumotlarni yetkazish, gohida shunchaki yoqimli qo'shiqlarni taqdim etish orqali dunyo aholisini bir doira atrofida birlashtiradi.
Eng arzon va ommabop aloqa-axborot vositasi sifatida radio jamiyatning barcha qatlam vakillari uchun ta'lim darajasi, irqi, yoshi, moddiy ahvolidan qat'i nazar, ularga jamoatchilik muhokamalarida ishtirok etish imkonini beradi.
Turkiyada radio bundan 94 yil muqaddam o’z faoliyatini boshlagan. Bundan 94 yil muqaddam 6-may kuni TRT - Turkiya teleradiokompaniyasi ilk radio efirini bera boshlagan.
Turkiyada har yili 6-may Radio kuniga bag'ishlab "TRT Radio kunlari" tadbiri o'tkaziladi. Bu yil pandemiya sharoitiga mos ravishda o'tkazilayotgan tadbirda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Makedoniya, Qirg'iziston, Ozarbayjon va boshqa ko'plab mamlakatlarda turk tilida faoliyat ko'rsatayotgan radio xodimlari ishtirok etmoqda.
Shu munosabat bilan Turkiya mutasaddilari, jumladan TRT bosh direktori Ibrohim Eren va Turkiya prezidenti ma’muriyatining Kommunikatsiya bo’yicha departamenti rahbari Fahriddin Altun barcha radio xodimlarini “Radio kuni” bilan tabrikladi.
“Aziz xalqimizga yillar mobaynida haqiqatni yetkazish uchun astoydil mehnat qilib kelayotgan radiolarimiz bugungi kunda hayotimizning ajralmas parchasiga aylandi. Turkiyada faoliyat ko’rsatayotgan barcha radio xodimlarini “Radio kuni” munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman!”,-dedi Fahriddin Altun twitterdagi sahifasida.
Biz ham Turkiya ovozi radiosi ijodiy jamoasi sifatida barcha kasbdoshlarimizni “Radio kuni” munosabati bilan tabriklaymiz!
Aloqador xabarlar
Turkiyaning to‘rt burchagida bolalar bayrami nishonlanmoqda
Turkiya bugun, Milliy mustaqillik va bolalar bayramini nishonlamoqda.
Turkiya bugun Bolalar bayramini nishonlamoqda
Turkiya bugun, Milliy mustaqillik va bolalar bayramini nishonlamoqda.