“Boburnoma” asari venger tiliga tarjima qilinmoqda

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Vengriya Sharqshunoslik instituti direktori va Etvesh Lorand nomidagi Budapesht universitetining turkologiya kafedrasi mudiri  Benedek Peri bilan videokonferensiya aloqasi vositasida muloqot o‘tkazdi.

1635386
“Boburnoma” asari venger tiliga tarjima qilinmoqda

 

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Vengriya Sharqshunoslik instituti direktori va Etvesh Lorand nomidagi Budapesht universitetining turkologiya kafedrasi mudiri  Benedek Peri bilan videokonferensiya aloqasi vositasida muloqot o‘tkazdi.

Tadbir chog‘ida tomonlar madaniy-gumanitar va taʼlim sohalarida O‘zbekiston – Vengriya hamkorligini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.  

Onlayn-tadbir chog‘ida tomonlar O‘zbekiston – Vengriya munosabatlari yuqori o‘suvchanlikka ega ekanini qayd etgani barobarida madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Benedek Peri O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosini, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotini targ‘ib etish doirasida Bobur nomidagi xalqaro jamg‘arma bilan hamkorlikda ko‘p yillardan beri “Boburnoma”ni asl nusxadan venger tiliga tarjima qilayotganini bildirdi.

Shu bilan birga, Yevropaning keng doiradagi o‘quvchilari eʼtiborini buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy merosiga qaratish maqsadida Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarini o‘zbek mutaxassislari bilan birgalikda asl nusxadan ingliz tiliga o‘girish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar ham taqdim etildi.

Tadbirda Vengriya Bosh vazirining O‘zbekistonga yaqinda buyurgan tashrifi hamda oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha  tomonlar o‘rtasida taʼlim sohasidagi o‘zaro hamkorlikning faollashuvi kuzatilayotgani ham qayd etildi.   

Vengriyalik ekspert Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan Etvesh Lorand nomidagi Budapesht universiteti o‘rtasida yaqin hamkorlik boshlanganini mamnuniyat bilan bildirdi.

Tomonlar magistratura yo‘nalishida ikki tomonlama  diplom  berish dasturini amalga oshirishni rejalashtirayotgani qayd etildi. Bundan tashqari, Vengriya tomoni mazkur universitetda o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha alohida fakultet ochish imkoniyatini o‘rganib chiqish niyatida ekani ham maʼlum qilindi.

Uchrashuv yakunida “O‘zbekistonga taalluqli xorijiy qo‘lyozmalar reyestri” nashrining birinchi jildi Etvesh Lorand nomidagi Budapesht universiteti kutubxonasiga hadya sifatida taqdim etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Vengriya , #Boburnoma

Aloqador xabarlar