Istanbulda Alixonto‘ra Sog‘uniyning “Baxtlik nedur” nomli she’riy to‘plami chop etildi

O'zbekiston iqtisod fanlari doktori, professor Odil Olimjonov ma'lum qilishicha, to‘plamda Hazratning 50dan ortiq she’rlari jamlangan.

1634623
Istanbulda Alixonto‘ra Sog‘uniyning “Baxtlik nedur” nomli she’riy to‘plami chop etildi

 

Turkiyaning Istanbul shahrida ulug' bobokalon Alixonto‘ra Sog‘uniyning “Baxtlik nedur” nomli she’riy to‘plami chop etildi.

Bu haqda O'zbekiston iqtisod fanlari doktori, professor Odil Olimjonov ma'lum qildi.

Uning qayd etishicha, ulug‘ mutafakkir Alixonto‘ra Sog‘uniyning “Baxtlik nedur” nomli she’riy to‘plami Istanbulda chop etildi. To‘plamda Hazratning 50 dan oshiq she’rlari jamlangan. 


"Bu she’rlardan 32 tasi 2005 yili “Movarounnahr” nashriyotida Furqatxon G‘afforov muharrirligida tayyorlangan “Bizdan emasdurlar Vatanni sevmaganlar” kitobida e’lon qilingan. Ushbu devonga esa Alixonto‘ra Sog‘uniyning shu paytgacha qo‘lyozma holida qolib kelayotgan she’rlari ham kiritilgan. Mazkur devonda she’rlarning beshdan biri kirill va o‘zbekcha lotin imlosida hamda turkcha tarjimasi bilan taqdim etilgan.
Devonni Alixonto‘ra Sog‘uniyning o‘g‘li Qutlug‘xonto‘ra Sog‘uniy (Shokirov) tayyorlagan. To‘plamdagi imonga sadoqat va vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan she’rlar xalqimizga muborak Ramazon tuhfasi bo‘ladi, degan umiddamiz",-dedi  O'zbekiston iqtisod fanlari doktori, professor Odil Olimjonov.
Eslatma: Islom olamining buyuk ulamosi Alixonto‘ra Sog‘uniy islom dini, turkiy xalqlar va O'zbekiston  tarixida o‘chmas iz qoldirgan saodatmand insonlardan biri edilar. 

 



Aloqador xabarlar