Londondagi auksionda 350 ming sterlinga sotilgan Sulton Sulaymonning portreti Istanbulga keltiriladi

Istanbul Buyuk shahar hokimligi ma’lum qilishicha, 31 mart kuni Londondagi Sotbiz kimoshdi savdosi doirasida o’tkazilgan “Islom dunyosi va Hindiston san’ati” nomli auksionda sotilgan asar 15 kun ichida Istanbulga olib kelinishini rejalanmoqda.

1632569
Londondagi auksionda 350 ming sterlinga sotilgan Sulton Sulaymonning portreti Istanbulga keltiriladi

 

Usmoniylar imperiyasini eng uzoq vaqt boshqargan Sulton Sulaymonning noyob portreti Londondagi auksionda 350 ming sterlinga sotildi.

Boshlang’ich narxi 60 ming sterlin bo’lgan ushbu asar kim oshdi savdosida 350 ming sterlinga ismi ma’lum qilinmagan kishi tomonidan sotib olindi.

Asar sotib olgan kishi tomonidan Istanbul Buyuk shahar hokimligiga topshiriladi.

Istanbul Buyuk shahar hokimligi ma’lum qilishicha, 31 mart kuni Londondagi Sotbiz kimoshdi savdosi doirasida o’tkazilgan “Islom dunyosi va Hindiston san’ati” nomli auksionda sotilgan asar 15 kun ichida Istanbulga olib kelinishini rejalanmoqda.

Surat tahminlarga ko’ra, 16 asrda italyan rassom Kristofano Dell Altissimo tomonidan chizilgan bo’lib, u 19 asrdan beri Fransiyalik zodagon oilaning kolleksiyasida saqlanayotgandi.

Auksion uyi vakillarining so’zlariga ko’ra, portretda aks etgan Sulton Sulaymonning yoshi tahminan 43 yoshlarda bo’lishi kerak. Sulaymonning o’zi 1494-1566 yillarda yashagan.

Auksion doirasida Islom dunyosining bir qator san’at asarlari ham ko’rgazma qilingan.

Bundan tashqari, Istanbul Buyuk shahar hokimligi ushbu auksionda 1200 yillik Zuhruf surasi va 1100 yillik Maida surasi yozilgan 700 yillik qo’lyozma Qur’on sahifalari, Masnaviy hamda Bahouddin Valedning “Ibtidonoma” asarlarini ham sotib oldi.


Tanlangan kalimalar: #Usmoniy , #Sulton Sulaymon

Aloqador xabarlar