“Moviy vatan” hujjatli filmi ertaga tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi

TRT Haber telekanali tomonidan tayyorlangan “Moviy vatan” hujjatli filmi ertaga, 27 - aprel kuni tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

1626791
“Moviy vatan” hujjatli filmi ertaga tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining TRT Haber telekanali tomonidan tayyorlangan “Moviy vatan” (Mavi Vatan) hujjatli filmi tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

Ushbu hujjatli film Turkiyaning xalqaro shartnomalari asosida tug‘ilgan dengiz chegarasi haq - huquqi va  ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan bir necha jihatini qo‘lga oladi.

Butunlay TRT Haber imkoni bilan tayyorlangan asarda Turkiyaning Liviya bilan dengiz orqali qo‘shni ekani, O‘rta yer dengizi, Qora dengiz va Egey sohasidagi haq - huquqi tasvirlagan.

Suratga olish jarayoni 10 kishilik bir guruh bilan 40 kun davom etar ekan TRT Haber roppa - rosa 8 ming kilometrlik yo‘l qayd etdi.

“Moviy vatan” hujjatli filmi 27 - aprel haftaning seshanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 21:00 da TRT Haber telekanali orqali havola etiladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Moviy vatan , #dengiz haq -huquqi

Aloqador xabarlar