"Alisher Navoiy dunyo sharqshunoslari nigohida" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi

Joriy yilning 5-6 fevral kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Turkiy Kengash va TURKSOY xalqaro tashkilotlari hamkorligida "Alisher Navoiy dunyo sharqshunoslari nigohida" mavzusida xalqaro ilmiy onlayn-konferensiya o‘tkazildi.

1580970
"Alisher Navoiy dunyo sharqshunoslari nigohida" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi

 

O‘zbek va Turk olimlari ishtirokida "Alisher Navoiy dunyo sharqshunoslari nigohida" mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o'tkazildi.

Joriy yilning 5-6 fevral kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Turkiy Kengash va TURKSOY xalqaro tashkilotlari hamkorligida "Alisher Navoiy dunyo sharqshunoslari nigohida" mavzusida xalqaro ilmiy onlayn-konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda Turk adabiyotshunoslari va navoiyshunoslari, Turkiyaning qator universitetalari  professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi, o‘nlab olimlar ilmiy maʼruzalar bilan qatnashdi.

Onlayn-konferensiyaning maqsadi buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning ilmiy-maʼnaviy merosini o‘rganish bilan birgalikda navoiyshunos olimlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelajakda birgalikda ilmiy almashinuvlarni amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining dunyo tamadduniga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishida asosiy rol o‘ynagan ulug‘siymolardan biri. Ayni vaqtda buyuk mutafakkir umumturkiy adabiyotning qudratli namoyandalari qatorida sharafli o‘rin egallagan.

Turkiyadagi Xoji Bayram Valiy nomidagi Anqara davlat universiteti rektori professor Yusuf Tekin Alisher Navoiy o‘z davrida turkiy adabiyot uchun etalon yaratdi va uning bu kabi samarali taʼsiridan biron-bir Turkiy xalq adabiyoti holi emasligini taʼkidladi. Turkiy xalqlarning barchasi asrlar davomida Alisher Navoiy asarlarini asl nusxasida o‘qib kelgan. Turkiyalik mashhur adabiyotshunos olim Yusuf Chetindag‘ "XVI asrni umumturk olamida "Navoiy asri" deyilsa, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi", deb eʼtirof etgan.

Turkiyada Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda, uning asarlarini nashrga tayyorlash ishlari keng rivojlangan.

Mamlakat matbuotida Navoiyga bag‘ishlab yuzlab maqolalar eʼlon qilingan va chop etilmoqda. Istanbullik olim Jahon Oqquyujining maʼlumot berishicha, Turkiyada Navoiy asarlarining 100 dan ziyod qo‘lyozmalari saqlanadi. Jumladan, “Kulliyot”ining ikki eʼtiborli nusxasi mavjud. Hozirgi kunda Turkiya navoiyshunoslari va O‘zbekistonlik olimlar o‘rtasida mazkur yo‘nalishda yaqindan aloqa o‘rnatilgan.


Tanlangan kalimalar: #O'zbek adabiyoti , #Alisher Navoiy

Aloqador xabarlar