Afrinda, “Anado‘lu madaniyati markazi” ochildi

Suriyaning shimolidagi Afrinda, “Anado‘lu madaniyati markazi” ochildi.

1573227
Afrinda, “Anado‘lu madaniyati markazi” ochildi

Suriyaning shimolidagi Afrinda, “Bulbulzoda” fondi bilan “Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar” hamkorligida “Anado‘lu madaniyati markazi” ochildi.

Turk Qurolli kuchlarining “Zaytun novdasi” amaliyoti (2018) orqali terrordan qutqarilgan Afrinda, “Anado‘lu madaniyati markazi”ning ochilish marosimi uyushtirildi.

Marosimda “Bulbulzoda” fondi rahbari Turgay Aldemir, “Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar” shuningdek, nodavlat notijorat tashkilot vakillari bilan mintaqaning taniqli kishilari ishtirok etdi.

Xizmatga ochilgan ushbu markazda ta’lim - tarbiya, madaniyat, san’at, til va musiqa kurslari beriladi.

Markaz yetakchisi Melih Ay, bu yerda 300 ga yaqin o‘quvchiga quchoq ochishlarini qayd etar ekan,

“Xavfsizlik o‘rnatilgan mintaqalarda, madaniyat markazlarini ochish faoliyatlarimiz davom etadi. 2020 - yilning 17 - sentabrida ham Azezda, Madaniyat markazi ochilgandi”. - dedi.



Aloqador xabarlar