Rossiyada turk seriallari sevib tomosha qilinmoqda

Turk seriallari butun dunyo tomoshabinlari qalbidan joy olib bormoqda. Ayniqsa, Rossiya turk seriallarini sevib tomosha qilgan mamlakatlar qatoriga kiradi.

1569025
Rossiyada turk seriallari sevib tomosha qilinmoqda

 

Turk seriallari butun dunyo tomoshabinlari qalbidan joy olib bormoqda. Ayniqsa, Rossiya turk seriallarini sevib tomosha qilgan mamlakatlar qatoriga kiradi.

Reytinglarda eng yuqori pog’onaga ko’tarilgan “Tirilish Ertug’rul” seriali ayniqsa Rossiyadagi musulmonlar tomonidan sevib tomosha qilinmoqda.

Ria Novosti xabar agentligining “Turk seriallarining muhtasham yuz yili” nomli maqolasida turk mahsuloti bo’lgan seriallarning dunyoda katta muvaffaqiyatlarga erishayotgani haqida bahs yuritilgan.

Maqolada yozilishicha, aktyorlar ijrosi, qiyofasi, film sujetidan tortib, interyer, libos va mayda detallarning mukkammal ekani sababli, turk seriallarining muxlislari soni yildan-yilga ortib bormoqda. Serial qahramonlari nafaqat Turkiyada balki, butun dunyoda mashhurlikka erishmoqda. Ularning xalqaro mukofotlarga loyiq deb topilayotgani ham sir emas.

“Turklar  Amerikaning “Emmi” mukofotiga loyiq deb topilgan yirik loyihalarga imzo chekmoqda” deyilgan maqolada, nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda sevib tomosha qilingan turk seriallardan lavhalar berilgan.

Ta’kidlanishicha, Turkiya oxirgi yillarda madaniyat industriyasi bozorida serial tasvirga tushirish bo’yicha Amerikadan keyin ikkinchi o’ringa ko’tarildi.

“Turk seriallarini g’arb seriallaridan ajratib turgan eng katta xususiyati muhofazakor syujetlarga ega bo’lishidir”,-deyiladi maqolada.

Bundan tashqari, turk seriallarining sevib tomosha qilinishida prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anning e’tibori ham ahamiyatga molik jihatlardan biridir.

Turk seriallari shu kungacha yuzdan ortiq mamlakatda namoyish qilindi. Bu esa Turkiya iqtisodiyotiga 500 mln dollardan ko’proq hissa qo’shdi.



Aloqador xabarlar