O‘zbekistonda tosh davriga oid yangi arxeologik yodgorliklar topildi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi va Angren shahar muzeyi xodimlari tomonidan Chotqol va Qurama tog‘ tizmalari yonbag‘irlarida olib borilgan ilmiy izlanishlar davomida tosh davriga oid yangiliklar aniqlandi.

1565356
O‘zbekistonda tosh davriga oid yangi arxeologik yodgorliklar topildi

 

Chotqol va Qurama tog‘ tizmalari yonbag‘irlaridan tosh davriga oid yangi arxeologik yodgorliklar aniqlandi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi va Angren shahar muzeyi xodimlari tomonidan Chotqol va Qurama tog‘ tizmalari yonbag‘irlarida olib borilgan ilmiy izlanishlar davomida tosh davriga oid yangiliklar aniqlandi.

Fanlar akademiyasi maʼlumotiga ko‘ra, tadqiqotlar natijasida bir qator yangi arxeologik yodgorliklar topilgan. Jumladan, Angren vohasi Yangiobodsoy va Qorabog‘soy irmoqlari yuqori oqimi hududlarida 2 ta tosh davri ustaxonasi, 2 ta manzilgoh, qabr-qo‘rg‘onlar kompleksi va qoyatosh suratlari aniqlandi.

Tosh davri ustaxonalaridan chiqqan topilmalar ushbu yodgorliklarning davriy chegarasi o‘rta paleolitdan boshlanib to so‘nggi paleolitning oxirlarigacha davom etganini ko‘rsatdi.

 Aniqlangan manzillardan biri ustaxona yaqinida bo‘lib, so‘nggi paleolit davriga tegishlidir. Ikkinchi manzilgoh tosh davrining so‘nggi paleolit davri oxirida bo‘lgan. Topilgan yodgorliklarning davriy sanasi yer yuzasidagi topilmalar asosida chiqarilgan bo‘lib, keyingi izlanishlar masalaga aniqlik kiritishi mumkin.

Topilmalar ichida O‘zbekiston paleolitida oldin uchramagan noyob buyumlar ham bor. Xususan, toshdan yasalgan tumor birgina O‘zbekiston uchun emas, balki jahon paleolitshunosligida ham noyob hisoblanadi.

Aniqlangan qoyatosh suratlari va qabr-qo‘rg‘onlar ushbu hududlarni turli tarixiy davrlarda insonlar tomonidan faol o‘zlashtirilganini ko‘rsatadi.


Tanlangan kalimalar: #arxeologik yodgorlik , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar