SEAMO-2020 olimpiadasida O‘zbekistonlik 4 nafar o‘quvchi g‘olib bo‘ldi

SEAMO-2020 xalqaro matematika olimpiadasida 16 ming nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.

1556412
SEAMO-2020 olimpiadasida O‘zbekistonlik 4 nafar o‘quvchi g‘olib bo‘ldi

 

SEAMO-2020 xalqaro matematika olimpiadasida O‘zbekistonlik 4 nafar o‘quvchi g‘olib bo‘ldi

2020 yil o‘tkazilgan SEAMO-2020 xalqaro matematika olimpiadasida 16 ming nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.

Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO)ga Singapurning Terri Chev akademiyasi tomonidan asos solingan va olimpiada orqali o‘quvchilarning matematik bilimi va savodxonligi sinovdan o‘tkaziladi.

Ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada Avstraliya, AQSh, Singapur, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning o‘quvchi-yoshlari ishtirok etib keladi.

SEAMO-2020 xalqaro matematika olimpiadasida O‘zbekistondan 150 nafar o‘quvchi qatnashib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi. Ular orasida Samarqand viloyatidan ishtirok etgan o‘quvchilar bitta oltin, uchta bronza medallari sohiblari bo‘ldi.

Olimpiada g‘oliblari bo‘lgan o‘quvchilar Singapurning Terri Chev akademiyasi tomonidan o‘quvchilar uchun matematik bilimlarni yanada oshirish bo‘yicha tashkil etiladigan bir haftalik o‘quv kursida ishtirok etadi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga xalqaro darajadagi diplomlar topshiriladi.



Aloqador xabarlar