Bugun Otaturkni yana bir bor hurmat ila yodga olamiz

Otaturkni bugun, vafotining 82 – yilligida yana bir bor hurmat ila yodga olamiz

1525145
Bugun Otaturkni yana bir bor hurmat ila yodga olamiz

Bugun Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturkni, vafotining 82 – yilligida yana bir bor hurmat va ehtirom ila yodga olamiz. Chanoqqal‘a urushidagi muvaffaqiyati bilan e’tiborlarni o‘ziga qaratgan Mustafo Kamol, Birinchi Jahon urushi ortidan O‘smoniy imperatorligining “yengildi” deb hisoblanilishi va mamlakat tuproqlarining g‘olib kuchlar tomonidan ishg‘ol etila boshlashi bilan turk xalqiga yetakchilik qilib, ozodlik uchun kurash olib bordi. Ushbu kurashning g‘alaba bilan natijalanishi ortidan Lozannada tinchlik shartnomasiga qo‘l qo‘yildi va Turkiya Respublikasi tashkil topdi. Mustafo Kamol Otaturk esa ushbu respublikaning birinchi prezidenti bo‘ldi. Ortidan “Otaturk” degan familya olgan lider, yo‘lga qo‘ygan islohotlari orqali, zamonaviy jamiyatning tashkil topishiga katta hissalar qo‘shdi. Shunday ekan buyuk lider Mustafo Kamol Otaturkni bugun, vafotining 82 – yilligida yana bir bor hurmat ila yodga olamiz.



Aloqador xabarlar