Qadim Keshning Dorut-tilovat majmuasi haqida bilasizmi?

Ko'p asrlik tarixga ega qadim Kesh – Shahrisabzda qad rostlagan me'moriy obidalar serhashamligi, takrorlanmas naqshu bitiklari bilan dunyoga mashhur

1515292
Qadim Keshning Dorut-tilovat majmuasi haqida bilasizmi?

 

Ko'p asrlik tarixga ega qadim Kesh – Shahrisabzda qad rostlagan me'moriy obidalar serhashamligi, takrorlanmas naqshu bitiklari bilan dunyoga mashhur. Ularning ko'pi Amir Temur, uning avlodlari davrida ko'hna shaharning hozirgi tarixiy qismida bunyod etilib, jahon merosi ro'yxatidan joy olgan. Ushbu arxeologik durdonalar ichida Dorut-tilovat majmuasining o'ziga xos o'rni bor. 
Dorut tilovat memorial majmuasi 1370-1371-yillar buyuk taqvodor arbob, Bahovuddin Naqshbandiyning o'qituvchisi Shamsiddin Kulolning o'limidan so'ng barpo qilingan. Majmuada Ko'k gumbaz jome masjidi, Shamsiddin Kulol va Gumbazi Sayidon maqbaralari joy olgan. Shayx Kulol qabri oldida avval Dor-us-Tilovat madrasasi joylashgan.

Amir Temurning hukmronligi davrida Kulolning maqbarasi marmardan ishlangan toshtaxta bilan qoplangan. Mirzo Ulug'bek hukmronligi davrida qabr tepasiga soddagina gumbazli maqbara

qurilgan. 1435-yil maqbara qarshisida Ko'k gumbaz masjidi barpo etilgan. Bu masjid Shahrisabzdagi jome masjidi hisoblanadi.

Majmuada Mirzo Ulug'bek farmoniga muvofiq, bunyod etilgan xilxona Gumbazi Sayidon deb ataladi. Unda Payg'ambarimiz Muhammad (s. a. v.)

avlodlari – sayyidlarning Termiz xonadoni a'zolari mangu qo'nim topgan. Maqbara ichkarisida 4 ta marmar toshdan yasalgan sag'ana bor. Shu yerdan maqbaraning ikkinchi nomi – Gumbazi Sayid, ya'ni Sayidlarning gumbazi nomi kelib chiqqan. 

Shu tahlid, Dorut-tilovat madrasasining ichki hovlisi atrofida XIV-XV asrlarda yirik memorial majmua hosil bo'lib, u Shamsiddin Kulol maqbarasi, gurxonali Amir To'rag'ay madrasasi, masjidi va Ulug'bek maqbarasidan tashkil topgan. 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Kesh , #Shahrisabz

Aloqador xabarlar