“Tamg'a” usulida bitilgan panjara haqida eshitganmisiz?

O'zbekistonda joylashgan Abdulxoliq G'ijduvoniy maqbarasidagi ushbu qadimiy, temir po'latdan yasalgan panjara o'rta asrlarga oid bo'lgan noyob topilmadir.

1511129

Atrofi yog'och bilan o'ralgan, to'g'ri to'rtburchak shaklidagi panjara 105 dona kichik romblarga bo'lingan holda payvandlash usuli qo'llanmasdan mukammal darajada mohirlik bilan bir-biriga ulangan. 

Romblar bir-biriga tutashgan nuqtalar 8 qirrali yulduz ko'rinishida ishlangan bo'lib, yuza qismida suls xatida “Alloh” va “Muhammad” so'zlari “tamg'a” usulida bitilgan. Mazkur panjara hazrat Abduxoliq G'ijduvoniy hayoti va faoliyati bilan bog'liq meros hisoblanadi.

Aloqador xabarlar