O'zbekiston milliy arxivi TRT nigohida...

O'zbekistonda Usmoniylar imperiyasining maxsus askarlariga tegishli pasporti saqlanmoqda. Bu haqda “TRT AVAZ” telekanalida maxsus ko'rsatuv efirga uzatildi.

1507364
O'zbekiston milliy arxivi TRT nigohida...

 

Joriy yil 9-sentyabr kuni O'zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy sayt sahifasida “O'zbekistonda Usmoniylar imperiyasining maxsus askarlariga tegishli pasporti saqlanmoqda” sarlavhasi bilan xabar berilgan edi.

Ushbu xabar ma'lumotlariga tayangan holda, Turkiya teleradiokompaniyasi (TRT) ning O'zbekistondagi vakolatxonasining tasvirga olish guruhi hujjatli film tasvirga olish maqsadida “O'zarxiv” agentligiga tashrif buyurdi.

Turkiya Usmoniylar imperiyasining maxsus askariga tegishli pasport hujjatlar yuzasidan “TRT AVAZ” telekanalida lavha efirga uzatildi, deyiladi agentlik xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, O'zbekiston arxivlarida insoniyat tarixiga oid qadimiy va noyob hujjatlar qatorida, Turkiya davlatining tarixiga oid 100 dan ortiq qimmatli hujjatlar saqlanadi.


Tanlangan kalimalar: #O'zarxiv , #TRT , #TRT-Avaz , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar