Bir kunda qancha suv ichish kerak?

Suvning inson hayotida tutgan o'rni beqiyos. Lekin, uning qancha miqdorda ichilishi hamisha bahs-munozaralarga sabab bo'lib kelgan.

1497337
Bir kunda qancha suv ichish kerak?


Suvning inson hayotida tutgan o'rni beqiyos. Lekin, uning qancha miqdorda ichilishi hamisha bahs-munozaralarga sabab bo'lib kelgan. Odamlar orasida kuniga 8 stakan suv ichish kerak degan qarash eng mashhuri hisoblanadi. Aslida odamning kuniga qancha suv ichishi ko'pgina omillarga bog'liq:

Havo namligi; 
Tana harorati; 
Vazn; 
Jismoniy faollik; 
Suyuqlik ajratuvchi tizim kasalliklari. 

Ertalab uyqudan turib iliq suv ichishni odat qilsangiz bu saraton, qandli diabet, artrid, sil va shunga o'xshash kasalliklarning oldini oladi. Diyetologlarning fikricha to'g'ri miqdorda ichilgan suv organizmni zaharli toksinlardan tozalab ozishga yordam beradi. Buni qarangki, suv organizmda moddalar almashinuvini yaxshilagani uchun qarish jarayonini sekinlashtirar ekan. Ba'zida ovqat paytida suv ichish mumkin emas degan gap qulogʻimizga chalinadi. Ammo bu ham xato fikr. 

Gastrayentologlarning  ta'kidlashicha, suvni bemalol ovqatlanishdan oldin ham keyin ham ovqat mahali ham ichish mumkin. Ma'lumotlardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, har kimning kuniga ichadigan suv miqdori har xil bo'ladi. Negaki, kimningdir bo'yi baland, kimdir past. Yana kimdir semiz bo'lsa, kimdir ozg'in. Biz hozir qancha suv ichishimiz kerakligini hisoblab chiqamiz. Buni bilish uchun tana ogʻirligini 30 ga ko'paytirish kerak. 

Masalan, sizning vazningiz 50 kg bo'lsa, 50 ni 30 ga ko'paytirasiz, 1500 chiqadi. Demak, siz kuniga 1500 ml suv ichishingiz kerak ekan. 1 stakan suv 250 ml bo'lsa, siz kuniga 6 stakan suv ichishingiz kerak ekan.

Bular suv haqidagi biz bilgan va bilmagan haqiqatlar edi. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #suv

Aloqador xabarlar